Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aziz Abduhakimov: «Bugungi test sinovlaridan 23 nafar abituriyent chetlashtirildi»

Aziz Abduhakimov: «Bugungi test sinovlaridan 23 nafar abituriyent chetlashtirildi»

Foto: «facebook.com/AbdukhakimovAziz»

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Feysbukdagi sahifasida 2-kunda bo‘lib o‘tadigan test sinovlari haqida ma’lumot berdi:

— Test sinovlarining ikkinchi kuni boshlandi. Barcha mutasaddi rahbarlar va mas’ullar o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘ziga biriktirilgan hududlarda bajarmoqda.

Test jarayonlarini onlayn kuzatish uchun qo‘yilgan kamera va monitorlar ishlamoqda. Test sinovlari UzdigitalTV va mahalliy telekanallar orqali hamda test2018.uz saytida onlayn ko‘rinishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritilmoqda.

Test sinovlari barcha oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtda 8:00 dan boshlandi. Test sinovlarida 17 ta oliy ta’lim muassasalarining 31 ta ta’lim yo‘nalishida 29 ming 532 nafar abituriyent ishtirok etmoqda.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra 595 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 23 nafar abituriyent hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta’lim muassasalaridan test sinovlari o‘tkazish tartib-qoidalari va texnologiyasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 2 ming 444 nafar guruh nazoratchilari jalb etildi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan 57 ta binoda yong‘in va xavfsizlik choralari ko‘rildi.

Abituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan barcha auditoriyalarda ichimlik suvi tashkil etilgan.

Har bir test sinovlari o‘tadigan binoda tibbiyot xodimlarining navbatchiligi tashkil etilgan.

Ichki ishlar tizimidan 4 963 ta shaxsiy tarkib xodimlari, 1206 ta aloqa vositalari, 694 ta metallodetektorlar, 289 ta transport vositalari test sinovlari jarayoni xavfsiz o‘tishiga jalb qilingan.

Barcha test sinovlari o‘tadigan binolarda 1-smenada test sinovlari soat 11:00 da yakunlanadi. 2-smena 15.00da boshlanadi.

Shu kunning o‘zida test sinovlari natijalari Davlat feld’yegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga qaytariladi.

Test jarayonlariga oid fikrlar, mulohazalar va adolatsizliklar haqida fakt va dalillaringiz bo‘lsa, unda darhol Davlat test markazining +99895 1991914 raqamli Ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Barcha abituriyentlarga test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishida omad tilaymiz!


Ma’lumot uchun: Kecha, 1 avgust kungi test sinovlarining ikki smenida test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli jami 255 nafar abituriyent, shundan 179 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga uringanligi uchun, 76 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirilgandi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring