Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Barcha mahalliy poyezdlar yangi vokzaldan qatnaydi

Barcha mahalliy poyezdlar yangi vokzaldan qatnaydi

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari»

«O‘zbekiston temir yo‘llari» tomonidan yangitdan ta’mirdan chiqarilgan Toshkent Janubiy vokzali o‘z ishini joriy yilning 4-aprelidan boshlashi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 4-aprel kuni ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun mazkur vokzalga media-tur tashkil etildi. Media-turda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbiri ham ishtirok etdi.

Muxbirimizning xabar berishicha, endilikda Toshkent Janubiy temir yo‘l vokzalidan poyezdlar bosqichma-bosqich qatnovni boshlaydi. Dastavval bugun 662-sonli Toshkent-Buxoro yo‘lovchi poyezdi, shuningdek, shaharlararo qatnovchi barcha elektrichkalar o‘z harakatini Toshkent Janubiy temir yo‘l vokzalidan amalga oshiradi.

Toshkent vokzali (Shimoliy vokzal) esa faqat xalqaro qatnovlar uchun faoliyat olib boradi. Janubiy vokzalda boshqa mahalliy yo‘nalishlar bosqichma-bosqich qamrab olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring