Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bashakshehir» safarda «Samsunspor»ni yengdi: Shomurodovda bir gol va assist

«Bashakshehir» safarda «Samsunspor»ni yengdi: Shomurodovda bir gol va assist

Turkiya chempionatining 16-turida «Istanbul Bashakshehir» safarda «Samsunspor»ni mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘zbekistonlik ikki futbolchi — Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullayev asosiy tarkibda maydonga tushib, g‘alabaga muhim hissa qo‘shishdi. Raqib maydonida juda ishonchli to‘p surgan Eldor birinchi golni kiritishdan tashqari, ikkinchi golga assistentlik qildi hamda Turkiya chempionati to‘purarlari orasida jami 11 ta gol bilan yana 1-o‘ringa chiqib oldi. Shomurodov 87-daqiqada, Fayzullayev 67-daqiqada almashtirildi.

Shomurodov gol-assist natijasi bo‘yicha Turkiyaning nomdor klublarida to‘p surayotgan Ikardi, Abraham («Roma»dagi sobiq jamoadoshi), Asensio, Sane kabi taniqli futbolchilarni ortda qoldirmoqda. 

G‘alabadan so‘ng «Bashakshehir» 20 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarildi, «Samsunspor» 6-o‘rinda (25 ochko).

Turkiya Superligasi. 16-tur, 14-dekabr

Samsunspor — Bashakshehir 0:2

Gollar: Shomurodov (66), Yildirim (83).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring