Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bek-baraka» bozorida uchar o‘g‘ri ushlandi

«Bek-baraka» bozorida uchar o‘g‘ri ushlandi

Foto: «Misanec.ru»

2018-yil 21-yanvar kuni soat 14:00 larda samarqandlik, 1 nafar farzandning onasi, 1988-yilda tug‘ilgan J.Yo. «Bek-Baraka» savdo majmuasidagi savdo rastasi oldiga ayollar sumkasini qarovsiz holda qo‘yib, kiyim xarid qilayotgan, chirchiqlik, 1962-yilda tug‘ilgan, D.R.ga tegishli, ichida 1.450.000 so‘m puli bo‘lgan ayollar sumkasini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Daliliy ashyo sifatida ayollar sumkasi va 1.450.000 so‘m pul olingan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tuman ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring