Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus yuqori texnologiyalar parki asoschisi Valeriy Sepkalo Toshkentga keldi

Belarus yuqori texnologiyalar parki asoschisi Valeriy Sepkalo Toshkentga keldi

Belarus yuqori texnologiyalar parki asoschisi Valeriy Sepkalo.

Foto: «Muic.uz»

Taniqli IT-ekspertning besh kunlik tashrifi BMT Taraqqiyot dasturining «Ma’muriy islohotlar va raqamli transformatsiya» loyihasi ko‘magida tashkil etildi. 

Belaruslik mutaxassis besh kun davomida mamlakatimizdagi turli davlat idoralari, «Mirzo Ulugbek Innovation Center» direksiyasi va rezidentlari, shuningdek oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va talabalar bilan uchrashadi.

Tashrifning birinchi kunida Valeriy Sepkalo Toshkent axborot texnologiyalari va Inha universitetlariga boradi. U yerda OTM rektorlari bilan IT-ta’limni rivojlantirish yo‘llari, yoshlarni IT-mutaxassisliklarga qiziqishini oshirish hamda innovatsion markaz va xalqaro kompaniyalar ishtirokida laboratoriyalar tashkil etish istiqbollari masalalarini muhokama qiladi.

Shuningdek, Valeriy Sepkalo MUIC  direksiyasi bilan O‘zbekistondagi investitsion muhitni yaxshilash yo‘llari bo‘yicha fikr almashadi.

Tashrifning ikkinchi kunida belaruslik ekspert TATUning Samarqand filialiga boradi va talabalarga ma’ruza o‘qiydi.

19-fevral kuni Sepkalo Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari va MUIC rezidentlari uchun «Yuqori texnologiyalar. Shaxsiy tashabbuslar. Kelajakka nigoh» mavzuida taqdimot o‘tkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring