Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Belarusda prezident saylovlari tugadi: exit poll ma’lumotlari paydo bo‘ldi

Belarusda prezident saylovlari tugadi: exit poll ma’lumotlari paydo bo‘ldi

Foto: «Minsknews.by»

Belarusda prezident saylovlarida ovoz berish yakuniga yetdi, deya xabar berdi «BELTA».

Barcha saylov uchastkalari yopildi, ovozlarni hisoblash boshlandi. Avvalroq Markaziy saylov komissiyasi 18:00 holatiga ko‘ra 79% saylovchi ishtirok etganini, saylov o‘tkazilgan deb topilganini ma’lum qilgandi.

Davlat rahbarini saylashda 5767 ta ovoz berish uchastkasi tashkil etildi, ularning hammasi saylovchilarni qabul qilishga tayyor. Dunyoning 36 ta mamlakatida yana 44 ta saylov uchastkasi ochilgan. Saylovchilar mahalliy vaqt bilan 08:00 dan 20:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 10:00 dan 22:00 gacha) o‘zlari tanlagan nomzodga ovoz berish imkoniga ega bo‘lishdi.

Markaziy saylov komissiyasi beshta nomzodni ro‘yxatga olgandi — Andrey Dmitriyev, Anna Kanopatskaya, Aleksandr Lukashenko, Svetlana Tixanovskaya, Sergey Cherechen.

Exit poll ma’lumotlariga ko‘ra, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko davlat rahbari saylovlarida yetakchilik qilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, u 79,7 foiz ovoz to‘plagan.

Saylov natijalariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni 6,8 foizlik natija bilan Svetlana Tixanovskaya egallagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring