Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Benzin, elektr va gaz narxi baribir oshadigan bo‘ldi

Benzin, elektr va gaz narxi baribir oshadigan bo‘ldi

Xabar.uz

O‘zbekistonda avtobenzin, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari 2019-yil 15-avgustdan baribir oshadigan bo‘ldi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi bugun, 30-iyul kuni qaror imzolagan.

15-avgustdan boshlab 1 litr:

  • Ai-80 benzin — 4500 so‘m (hozir 4000 so‘m);
  • Dizel yonilg‘isi narxi – 5400 so‘m (hozir 4800 so‘m);
  • EKO rusumli dizel yonilg‘isi narxi– 5700 so‘m (hozir 4900 so‘m).

15-avgustdan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun ham narxlar oshadi. Garchi aynan kommunal to‘lovlar narxi haliveri oshirilmasligi bir necha bor aytilgan bo‘lsa-da, baribir yangi narxlar belgilangan.

Foto: Xabar.uz
Foto: Xabar.uz

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring