Big Media Day 2025: g‘oyalar, brendlar va media bozor kelajagi uchrashadigan joy
24 oktyabr kuni InterContinental Tashkent mehmonxonasida Ledokol Group reklama xoldingi tomonidan tashkil etilgan Big Media Day 2025 konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Bu marketing, dijital, reklama va PR sohasidagi mutaxassislar uchun yilning asosiy voqealaridan biridir.
Konferensiyaning asosiy mavzusi — «Media va marketing: bugun va ertaga». Ishtirokchilar O‘zbekiston media bozori qanday o‘zgarib borayotgani, qanday trendlar auditoriya xulq-atvorini shakllantirayotgani va brendlarning bugungi kunda samarali bo‘lishiga qanday vositalar yordam berayotganini muhokama qildilar.
Kuchli spikerlar tarkibi
Konferensiya mavzulari obro‘ni boshqarish, blogerlar bilan ishlash, milliy marketingni qurish, onlayn va oflayn vositalar muvozanatini o‘z ichiga oladi. Big Media Day turli sohalar — FMCG va farmatsevtika, fintex, telekom, chakana savdo, ko‘chmas mulk va superapplar mutaxassislari uchun foydali bo‘ladi. Real biznes-chaqiruvlar hamda yechimlar — diqqat markazidadir: brendlar yangi iste’molchilik patternlariga qanday moslashishi, auditoriya bilan muloqot o‘rnatishi, tanilish, konversiya va sodiqlikni oshirishi, shuningdek, strategiya orqali sotuvni kengaytirishi.
Har bir ishtirokchi mahsulot va distributsiya bilan ishlashdan tortib, kreativ, ma’lumotlar va dijital-ekotizimlargacha bo‘lgan o‘z sohasiga tegishli keyslar hamda insaytlarni topa oladi.
Spikerlar orasida xalqaro kompaniyalar, yetakchi agentliklar va yirik brendlar vakillari bor:
• Dmitriy Drokin, NielsenIQ (Markaziy Osiyo);
• Tatyana Sokolova, STADA;
• Vladimir Korovin, OMD OM Group;
• Rustam Shakirzyanov, Yandex Ads;
• Yan Svoyavola, Reason to Believe / Assalom Estate;
• Timur Abdulin va Jasur Po‘latov, Index nufuz agentligi rahbari va PR-direktori;
• shuningdek, keng tarkibda Ledokol Group jamoasi.
Konferensiyaning maxsus mehmoni YoCo.digital, ex-Mail.ru Group bosh direktori Semyon Boyarskiy bo‘lib, u «Blogerlar bilan natijaga olib keladigan reklama kampaniyasini qanday boshlash kerak» mavzusida ma’ruza qiladi.
Ishtirokchilarni nima kutmoqda
Konferensiya bir nechta sessiya zallarida bo‘lib o‘tadi, unda tematik panellar, keys-stadi, muhokamalar va netvorking rejalashtirilgan. Ishtirokchilar norasmiy muhitda tajriba almashishlari, ekspertlarga savollar beradilar va haqiqiy biznes ssenariylarini muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi.
Tashkilotchi va maqsad
Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Big Media Day ekspertlar mediabozor va marketing rivojlanishini muhokama qilishlari, umuman olganda, amaliy keyslar bilan o‘zaro almashishlari mumkin bo‘lgan platformaga aylanadi.
- Bizning maqsadimiz — ekspertlar va brendlarni birlashtirib, birgalikda O‘zbekistonning barqaror va istiqbolli media bozorini shakllantirish hamda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishdan iboatdir. Bunda, biz dastur media kun tartibidan tashqariga chiqishini istaymiz: marketologlar nafaqat reklama, balki iste’molchi, mahsulot, distributsiya va marketing va PRning boshqa asosiy jihatlari haqidagi hisobotlarni eshitishlari kerak, — dedi Ledokol Group rahbari Dilshod Muzaffarov.
Qanday ishtirok etish mumkin
Big Media Day 2025 konferensiyasi marketologlar va brend-menejerlar, dijital va PR-mutaxassislar hamda kommunikatsiyalar bilan ishlovchilar uchun foydali bo‘ladi.
Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish — pullik. Qo‘shilish uchun bigmediaday.uz saytida ariza qoldirish kerak. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, ishtirokni tasdiqlash va chiptani rasmiylashtirish uchun tashkilotchilar jamoasi siz bilan bog‘lanadi.
Saytda shuningdek, konferensiya dasturi, spikerlar va hamkorlar ro‘yxati ham e’lon qilingan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter