Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir necha tumanlarda IIB boshliqlari almashdi

Bir necha tumanlarda IIB boshliqlari almashdi

Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida bir qator tuman ichki ishlar bo‘limi boshliqlari o‘zgardi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Podpolkovnik Muxametali Xojamuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Atabek Abdirov Beruniy tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i bo‘ldi.

Buxoro viloyati Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Avaz Elbekov tayinlangan bo‘lsa, podpolkovnik Sherzod Shokirov Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani IIB boshlig‘i bo‘ldi.

Shuningdek, mayor Mirshoxid Sobirjonov Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Ibrohim Xasanov Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani IIB boshlig‘i, mayor Abdumannon Asqarov Farg‘ona viloyati Beshariq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlanishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring