Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Stomatologiya institutida bir yilda uchta xalqaro fakultet ochildi

Stomatologiya institutida bir yilda uchta xalqaro fakultet ochildi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Toshkent davlat stomatologiya institutida ayni paytda xorijiy mamlakatlarning ellikka yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari va kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi. 2018 yil davomida 50 nafardan ortiq talaba va 20 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar xorijda uzoq muddatli malaka oshirdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu hamkorlik dasturlari natijasida 2018-2019 o‘quv yilidan Italiyaning Turin universiteti bilan «Biotibbiy muxandislik» va Moskva Davlat tibbiyot stomatologiya universiteti bilan «Stomatologiya» fakultetlari tashkil etildi.

Kuni kecha institut delegatsiyasining Rossiya federatsiyasiga tashrifi doirasida Orenburg davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik dasturiga asosan, «Klinik-psixologiya» yo‘nalishida yangi fakultet ochilmoqda. Mazkur fakultetga 2019-2020 o‘quv yilidan talabalar qabul qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring