Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birmingemdagi pichoqli hujum tafsilotlari ochiqlandi

Birmingemdagi pichoqli hujum tafsilotlari ochiqlandi

Foto: «RIA Novosti»

6-sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida bir necha kishi hujum natijasida pichoqdan jarohatlangani to‘g‘risida xabar bergandik.

Politsiya hodisa natijasida bir kishi halok bo‘lgani va yetti kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.

«Press Association» agentligi xabariga ko‘ra, ushbu hujumning terrorizm va nafrat bilan bog‘liqligi yo‘q.

Politsiya bir nafar gumonlanuvchi shaxsni qidirmoqda, deya e’lon qildi katta politsiya noziri Stiv Grexem. Rasmiyning so‘zlari «Sky News» telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali namoyish qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring