Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bobomurod Abdullayev: «Sudning ochiq bo‘lishini kutmagan edim»

Bobomurod Abdullayev: «Sudning ochiq bo‘lishini kutmagan edim»

Xabar berganimizdek, bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida jurnalist Bobomurod Abdullayev va uning ishi doirasida sudlangan Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayev sud zalidan ozod etildi. Abdullayevga axloq tuzatish ishlariga belgilandi.

Bobomurod Abdullayev sud zalidan chiqqach, jurnalistlarga qisqa intervyu berdi.

«Ozodlikka chiqqanimdan xursandman. Sud jarayoni ochiq o‘tishini kutmagan edim, bundan ham xursandman. Sud majlisining ochiq o‘tkazilishi, ozodlikka chiqishimning o‘zi Prezident Shavkat Mirziyoyev boshlagan liberallashtirish siyosatining ilk mevalaridan, deb hisoblayman. Prezidentimizga rahmat», — dedi Abdullayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring