Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bobur G‘aniyev 15 sutkaga qamaldi

Bobur G‘aniyev 15 sutkaga qamaldi

Bobur G‘aniyev ismli bloger Uchtepa tumanida IIB xodimlarini «ment» deb haqorat qilgani va shaxsiy telefonida pornografik materiallar borligi uchun ushlangani haqida xabar berilgandi.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, avtoblogerga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Qayd etiligicha, holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudiga taqdim etilgan. Unga ko‘ra, Bobur G‘aniyev Ma’muriy javogarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun (haqorat qilish) BHMning 20 barobari (5,4 million so‘m), 194-modda (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bo‘yicha BHMning 1 baravari (270 ming so‘m), 195-modda (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bo‘yicha esa 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilangan.

Bundan tashqari, Epica haydovchisi va yana bir yo‘lovchiga ham jazo tayinlangan.

Shuningdek, Bobur G‘aniyevning telefonida aniqlangan pornografik ma’lumotlar tarqatilgan yoki tarqatilmaganini tekshirish maqsadida ekspertiza belgilangan.

Avvvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev avtobloger Bobur G‘aniyevning ushlanishi va unga qo‘yilgan ayblovlar yuzasidan bir qator savollarni o‘rtaga tashlagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring