Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bog‘iston ko‘chasida 23 ta 9 qavatli uylar quriladi

Bog‘iston ko‘chasida 23 ta 9 qavatli uylar quriladi

Foto:Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani Bog‘iston ko‘chasida bunyod etiladigan ko‘p qavatli uylarning qurilish maydoniga bordi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Bu yerda 23 ta 9 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. 900 xonadondan iborat bo‘ladigan bu uylar Turkiya texnologiyasi asosida quriladi va kelgusi yili foydalanishga topshiriladi.

Hozirda uylarning poydevori quyilgan. Ular zilzilaga bardoshli qilib quriladi. Nogironlar uchun ham qulayliklarga ega bo‘ladi. Isitish va sovitish tizimi har bir xonadonda mustaqil boshqariladi.

Prezident bu uylar mustahkam va sifatli bo‘lishi, poytaxtimizdagi eng namunali joylardan biriga aylanishi kerakligini ta’kidladi.

Shu yerda Toshkent shahrida kommunal tarmoqlarni rivojlantirish, kanallarni mukammal ta’mirlash va tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha loyihalar namoyish etildi.

Prezidentimiz poytaxtimizdagi kanallar atrofini obod saqlash, odamlar dam oladigan, bolalar cho‘miladigan so‘lim va xavfsiz hududlar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Foto:Prezident matbuot xizmati
Foto:Prezident matbuot xizmati
Foto:Prezident matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring