Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘kada eski stadion o‘rnida ekopark quriladi

Bo‘kada eski stadion o‘rnida ekopark quriladi

Prezidentimiz topshirig‘iga binoan boshlangan xayrli tashabbuslarni hayotga tezkor va aniq tadbiq etish borasida tegishli vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Alisher Qodirov boshchiligidagi ma’naviyatchilar ham jaryonda faollik ko‘rsatib ikki ming ziyod turli nomdagi kitoblarni aholi va yoshlarga taqdim etishdi. Eng muhim yangiliklardan biri Bo‘ka tumanida qarovsiz holda bo‘lgan eski stadion o‘rniga tuman «Ma’naviyat va ma’rifat» ekoparki qurilishi rejalashtirildi.

Tadbirlar doirasida Markazning «Ma’rifat» targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari, bir guruh olimlar, ijodkor ziyolilar Bo‘ka tumani markazidan olis Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan mahallalar, umumiy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga yoshlar hamda aholi bilan mazkur tashabbuslarning mazmun-mohiyati, ular orasida kitob mutolaasini targ‘ib qilish masalalari yuzasidan qiziqarli davra suhbatlar o‘tkazish uchun tashrif buyurishdi.



Shuningdek, tadbirlar doirasida Markaz rahbari Alisher Qodirov Bo‘ka tumanida joylashgan 3- va 5-sonli umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan yoshlar bilan uchrashdi. O‘quvchilar bilan o‘zbek va jahon adabiyotidagi qaysi asarlarni mutolaa qilish istagi borligi, maktablar kutubxonasiga Markaz tomonidan kitobxon o‘quvchilar so‘ragan 100 dan ortiq badiiy adabiyotlar taqdim etilishi, ularning ma’naviyatli inson bo‘lib ulg‘ayishida kitob o‘qishning ahamiyati haqida suhbatlashdi.

Tadbirlarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusiga ko‘ra 2019 yilning 29 maygacha mamlakatimizda ta’lim olayotgan barcha maktablardagi o‘quvchilar orasida eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchi yozgi ta’til davrida O‘zbekistonning tarixiy shaharlaridan biriga bir haftalik sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi to‘g‘risidagi e’lon ham aytib o‘tildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi matbuot xizmati
Shahnoza Tojiddinova

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring