Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘kada raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi (video+fotoreportaj)

Bo‘kada raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi (video+fotoreportaj)

Foto: «Xabar.uz»

Bo‘ka shahrida navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.

Prezidentimiz ilgari surgan besh tashabbusning uchinchisi — aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanish ko‘nikmalarini oshirishga mo‘ljallangan ushbu markazda raqamli texnologiyalar, dasturlash texnologiyalari, kibersport o‘yinlari, kovorking markazi uchun xonalar ajratilgan. Markaz eng so‘nggi kompyuter qurilmalari bilan ta’minlangan.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi. Zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlangan Bo‘ka tumanlararo pochta aloqasi tarmog‘i binosida mijozlarga xizmat ko‘rsatish savdo ofisi ham ochildi. Respublikamizda ilk marotaba telekommunikatsiya va pochta xizmatlarini bir joyda ko‘rsatish uchun imkoniyat yaratildi. Albatta, bu «Biz — bir oila, biz — bir jamoamiz» shiorining amaldagi ifodasidir. Endi pochta va telekom xodimlari birgalikda mijozlardan xizmatlar uchun buyurtma olishadi.

Bo‘ka tumanlararo pochta tarmog‘ida 132 nafar xodim mehnat qiladi. Tarmoqqa qarashli 40 ta aloqa bo‘limi zamonaviy usulda ta’mirlanib, tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring