Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘kaga 18 mingdan ortiq badiiy asar ortilgan kitoblar karvoni keldi

Bo‘kaga 18 mingdan ortiq badiiy asar ortilgan kitoblar karvoni keldi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Bugun Toshkent viloyati Bo‘ka tumani yoshlariga 18 mingdan ziyod kitob sovg‘a qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 5 ming nusxadagi o‘zbek hamda jahon adabiyotining sara namunalarini Bo‘ka maktablari va mahallalari uchun tuhfa qildi. Buning ramziy ifodasi sifatida Agentlik direktori tuman hokimiga maxsus sertifikat topshirdi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Agentlik rasmiy xabarida aytilishicha, qolgan 13 ming adaddagi kitob O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Yozuvchilar ushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda boshqa hamkor davlat tashkilotlari tomonidan taqdim etildi.

Madaniyat va aholi dam olish markazida tashkil etilgan tantanali tadbirda, shuningdek, tuman yoshlariga zamonaviy sport anjomlari, boshqa zarur jihozlar sovg‘a qilindi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Mazkur xayriya tadbirlari Prezidentning yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Eslatib o‘tamiz, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida mavjud kutubxonalarni inventarizatsiyadan o‘tkazgan holda kitob fondini yaxshilash, kitob do‘konlari, “book cafe”lar faoliyatini joriy qilish, kompyuter savodxonligi va internet markazlari, sport to‘garaklari tashkil etish, ishsiz ayollarni tikuv va to‘qimachilik sexlariga jalb qilish kabi kompleks loyihalar Bo‘ka tumanida tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring