Bokschilarimiz Osiyo chempionatini ikki g‘alaba bilan boshladi

Xabar berganimizdek bugun Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Quvonarlisi, musobaqa terma jamoamiz uchun omadli boshlandi va ikki bokschimiz musobaqani g‘alaba bilan boshladi.
Hamyurtlarimiz orasida birinchi bo‘lib -64 kg vazn toifasida Shunqor Abdurasulov ringga ko‘tarildi. Iroqlik Qadim Al-Ezirejga qarshi jang olib borgan yurtdoshimiz qiyinchiliksiz ikkinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Abdurasulovning keyingi bosqichdagi raqibi pokistonlik A.Ma’sud bo‘ladi.
So‘ngra -69 kg vazn toifasida saralash bahsi doirasida hamyurtimiz Osiyo o‘yinlari chempioni Bobo-Usmon Baturov yurtimiz sharafini himoya qildi. Mo‘g‘ilistonlik Bayarku Ganbaatarga qarshi jang olib borgan yurtdoshimiz raqibini mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Shu tariqa bugungi har ikki jang ham yurtdoshlarimiz foydasiga hal bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter