Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Infografika. Bo‘lajak Messi yoki Ronaldularning ota-onalariga: bolani necha yoshda sportga berish kerak?

Infografika. Bo‘lajak Messi yoki Ronaldularning ota-onalariga: bolani necha yoshda sportga berish kerak?

Bolani necha yoshda sportga berish kerak?

Infografika: «Xabar.uz»

Bolasi Hasanboy Do‘smatov yoki Rustam Qosimjonovdek mashhur sportchi bo‘lishini istovchi ota-onalar bugun juda ko‘p. Shundanmi yo farzandini sog‘lom voyaga yetkazish niyatidami, xullas, hali u hali bu tanishimiz bolasini qaysidir sport to‘garagiga olib borayotgani qulog‘imizga chalinib qoladi. Unisiyam-bunisiyam to‘g‘ri, yaxshi niyatga nima yetsin.

Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor: bolaning qaysi sport maktabiga borishini kimning xohishi belgilaydi: kattalarmi yo uning o‘zimi? Qiziqish har doim ham jismoniy va ruhiy imkoniyat bilan mos kelaveradimi? Va eng asosiysi, bolani necha yoshda sportga berish kerak? Nazarimizda, mana shu oxirgi savol bo‘lajak Messi yoki Ronaldularning ota-onalarini ko‘proq qiziqtirishi tayin.

Yuqoridagi infografikani «AiF.ru»dagi hamkasblarimiz tegishli mutaxassislar ko‘magida tuzishgan. O‘ylaymizki, uning o‘zbekcha talqini yuqoridagi savollarga oz bo‘lsa-da javob olishingizda yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring