Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Milliy gvardiya bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Milliy gvardiya bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdi (foto)

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Samarqand viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy gvardiya bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdi.

Tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, harbiylarga yaratilayotgan sharoitlar haqida axborot berildi. Qo‘shinlarning qurol-aslaha va aloqa vositalari ta’minlanishi, harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligiga e’tibor qaratildi. 

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni vaziyatni doimiy tahlil qilish, xatarlarning oldini oldini olish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi buyuk sarkardalarimiz harbiy mahoratini o‘rganish, o‘quv-taktik metodikani rivojlantirish, harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish zarurligini ta’kidladi. 

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Xalqimiz tinchlik-osoyishtaligi uchun har kuni o‘z ustingizda ishlashingiz, professional tayyorgarlik darajangizni muntazam oshirib borishingiz kerak. Yosh avlodga namuna, xalqimizga g‘urur-iftixor bo‘lishlaringiz zarur, dedi Prezidentimiz askar va ofitserlar bilan muloqotda.

Shavkat Mirziyoyev zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarog‘larni ko‘zdan kechirdi. Taklif etilayotgan harbiy kiyimlar bilan tanishdi. 

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Harbiy liboslar milliyligimizni aks ettiradigan, tarixda qoladigan bo‘lishi kerak. Shuning uchun bu masalani har tomonlama o‘ylash, loyihalarni xalq muhokamasiga qo‘yish zarur, dedi davlatimiz rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring