Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura bog‘chadagi noxush holatga izoh berdi

Bosh prokuratura bog‘chadagi noxush holatga izoh berdi

Foto: Gazeta.uz

Chilonzordagi 230-sonli bolalar bog‘chasida direktorning 15 yoshli (9-sinf) o‘g‘li 6 yosh atrofidagi 4 nafar qizchaga, ular uxlashga yotgan vaqtida tegajog‘lik qilgani  xabar berildi.

OAV xabariga ko‘ra, bunga kamida 3−4 nafar bola guvoh bo‘lib qolgan. Direktor esa buni «tuhmat» deb atamoqda va qizchalarning o‘zini tarbiyasizga chiqargan.

Bosh prokuratura tomonidan Chilonzordagi 230-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan holat qat’iy nazoratga olindi, deyiladi mahkama matbuot xizmati xabarida.

Natijalari haqida xabar berilishi ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring