Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuraturada yangi boshqarmalar tuzildi

Bosh prokuraturada yangi boshqarmalar tuzildi

Foto: «Norma»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni (15.02.2018, №PF–5343) bilan Bosh prokuratura va boshqa idoralar tashkiliy tuzilmasida o‘zgartirishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqida «Norma» xabar berdi.

Bosh prokuratura tarkibida yangi boshqarmalarning tashkil etilishi Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tizimida o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi (jadvalga qarang).

Tashkil etilgan boshqarmalar

Tugatilgan boshqarmalar*

Yonilg‘i-energetika kompleksida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

Bosh prokuraturaning ijtimoiy qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

Moliya-bank sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

Bosh prokuraturaning iqtisodiy qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

Bojxona va soliq sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

Adliya vazirligi tadbirkorlik sub’yektlari va xorijiy investitsiyalarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari

Transport, qurilish va iqtisodiyotning boshqa sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

Davlat soliq qo‘mitasining nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari

Sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalarda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoyalash boshqarmasi

Prezident qarorlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi

Ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatlarini ta’minlash boshqarmasi

Tergovni metodik ta’minlash boshqarmasi

*bo‘sh qolayotgan 323 shtat birligi Bosh prokuratura bo‘linmalariga, shu jumladan, yangi tashkil etilgan boshqarmalarga taqsimlanadi

2018-yil 1-martidan boshlab prokuratura organlari xodimlari ish haqlarini belgilashda YTS bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq,  tarif koeffitsiyentlari 1,5 baravar oshiriladi. Bosh prokuratura markaziy apparatining martaba darajalariga ega xodimlariga maxsus ish sharoitida ishlaganlik uchun oylik ustama 50 foizni tashkil etadi. U rag‘batlantiruvchi ustama va qo‘shimchalarni hisoblashda ish haqi tarkibiga qo‘shiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida chop etilgan bo‘lib, 2018-yil 15-fevraldan kuchga kirdi.

Mazkur hujjatning to‘liq shakli, sharhlari va unga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan tez orada «O‘zbekiston Respublikasi qonunlari» axborot-qidiruv tizimi orqali tanishishingiz mumkin.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring