Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuror videokonferensaloqa orqali qabul o‘tkazdi

Bosh prokuror videokonferensaloqa orqali qabul o‘tkazdi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

2020-yil 3-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo‘ldoshev tomonidan videokonferensaloqa orqali fuqarolarning qabuli o‘tkazildi. 

Qabulda 18 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinib, ularning murojaati tinglandi (murojaatlarning 11 tasi sud masalalari, 3 tasi prokuratura va 1 tasi ichki ishlar organlari faoliyatlariga hamda 3 tasi boshqa masalalarga oid).

Bosh prokuratura tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish hamda murojaatlarini ko‘rib chiqish borasida ishlar davom ettirilmoqda.

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish Bosh prokuraturada Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring