Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh sovriniga avtomobil qo‘yilgan «Yosh kitobxon» tanlovining saralashi boshlandi

Bosh sovriniga avtomobil qo‘yilgan «Yosh kitobxon» tanlovining saralashi boshlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 12-iyul kuni erta tongdan «Yosh kitobxon» tanlovning saralash bosqichi ishtirokchilari har bir viloyat va tuman-shaharlarda tashkil etilgan, kerakli jihozlar bilan jihozlangan maxsus xonalarda test sinovlarini topshirish uchun jam bo‘lishdi.

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» portaliga ma’lum qilinishicha, ishtirokchilarga test topshirish qoidalari bo‘yicha tushuntirish berilgan. Qoidaga ko‘ra, test sinovida yoshlar o‘zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid 50 ta test savollariga 25 daqiqa vaqt davomida javob berishlari lozim. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan beriladi. Ishtirokchilar natijalari saqlab qolinadi (elektron ko‘rinishda va imzolangan holda qog‘ozda). Test natijalariga ko‘ra 86 va undan yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar keyingi (ikkinchi) bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishadi.

«Yosh kitobxon» tanlovining 3 yosh toifasi bo‘yicha saralash  bosqichlari shu tartibda ketma-ket uch kunda o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida: Bu yil ushbu tanlovda qatnashish uchun 720 ming nafar yoshlar murojaat qilgan. O‘tgan yili ularning soni 250 ming kishini tashkil etgandi va g‘oliblar Prezident sovg‘asi — yengil avtomashinaga ega bo‘lgandi.

Bu yilgi tanlovda ham respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan qatnashchilarni yengil avtomobillar bilan taqdirlash, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari va faol ishtirokchilarni ham munosib rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring