Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir ichki ishlar safida ayol xodimlar soni oshirilishi kerakligini aytdi

Bosh vazir ichki ishlar safida ayol xodimlar soni oshirilishi kerakligini aytdi

Foto:«Xabar.uz»

Avval xabar berganimizdek, bugun 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi majlislar zalida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada so‘zga chiqqan Bosh vazir Abdulla Aripov Ichki ishlar akademiyasiga qizlar uchun qabul kvotasini oshirishni taklif qildi.

«Hozir kechirasizlar-u qaysi mantiqqa asoslanib Ichki ishlar akademiyasiga qizlarni qabul qilishga 5 foizlik kvota qo‘yilgan? Bor-yo‘g‘i 45 nafar qiz o‘tarkan. Prezidentimiz ayol psixologlarni ko‘paytirish yuzasidan topshiriq berdilar. Voyaga yetmaganlar bilan erkak inspektor yaxshi ishlay oladimi? Yo‘q. U bilan faqat ayol inspektor yaxshi ishlashi, qalbiga yo‘l topishi mumkin» dedi Abdulla Aripov.

Bu masala yuzasidan Prezidentga taklif kiritiladi. Shuningdek, hukumat rahbarining fikricha, ichki ishlar xodimlari safida ayollar ko‘paysa, korrupsiya holatlari ham kamayadi.

Bosh vazirning aytishicha, hozirgi kunda respublikada 6891 nafar profilaktika inspektori bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring