Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston moliyaviy razvedka bo‘yicha kelishuvga qo‘shildi

O‘zbekiston moliyaviy razvedka bo‘yicha kelishuvga qo‘shildi

Foto: «Forbes.net»

2018-yil 19-mart kuni Prezidentning «Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qarorga asosan O‘zbekiston MDH davlatlari moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlarining kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuv (Ashxobod, 2012-yil, 5-dekabr) va mazkur kelushuvga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnomaga (Minsk, 2014-yil 10-oktyabr) qo‘shildi.

Mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirilishiga Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti mas’ul etib belgilanmoqda.

Mazkur Kengashning aosiy vazifalaridan biri jinoiy daromadlarni legallashtirish (yuvish) va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lgan MDH davlatlarining tegishli tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirib borishi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring