Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bu mening xatoim edi va buning uchun uzr so‘rayman». Mark Sukerbergning AQSh Kongressidagi ko‘rsatmasi e’lon qilindi

«Bu mening xatoim edi va buning uchun uzr so‘rayman». Mark Sukerbergning AQSh Kongressidagi ko‘rsatmasi e’lon qilindi

Foto: «ITC.ua»

Bugun, 10-aprel kuni AQSh Kongressi vakillik palatasi foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari tarqab ketishi borasida «Facebook» asoschisi Mark Sukerberg bildirgan ko‘rsatmani e’lon qildi, deb xabar berdi «ITC.ua».

Hujjatda nafaqat «Cambridge Analytica» kompaniyasi bilan yuzaga kelgan mojaro tafsilotlari, balki Rossiyaning AQSh prezidentligi saylovlariga aralashuvi tarixi haqida ham batafsil so‘z borgan.

AQSh Kongressi tomonidan 10—11-aprel kunlari tinglanadigan ko‘rsatmada Sukerberg o‘z aybini tan olgan va ijtimoiy tarmoqdan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish, g‘iybatlarni yuzaga keltirish, xorijliklarning aralashuvi hamda noqonuniy ravishda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini olish kabi g‘arazli maqsadda foydalanishayotgani uchun uzr so‘raydi.

Shuningdek, hujjatda «Facebook» endilikda bu kabi holatlarning takrorlanmasligi uchun kelajakda qanday choralarni ko‘rayotgani ham keltirib o‘tilgan. 

Rossiyaning Amerika saylovlariga aralashuvi haqida gapiriladigan bo‘lsa, «Facebook» Rossiyaning «Internet tadqiqot agentligi»ga bog‘liq 470 dan ortiq akkaunt va sahifalarni aniqlagan. Aniqlanishicha, «trollar fabrikasi» deya nom olgan akkaunlar orqali 2015—2017-yillarda 80 mingdan ortiq postlar chop etilgan va uni 29 milliondan ortiq odam o‘qigan.

«Biz o‘z mas’uliyatimizni yetarli darajada anglay olmadik va bu bizning katta xatoimiz. Bu mening xatoim va buning uchun uzr so‘rayman. «Facebook»ka men asos solganman, ijtimoiy tarmoqni men boshqaraman va barcha javobgarlik mening bo‘ynimda», — deydi Sukerberg.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring