Bu yil birinchi trillioner paydo bo‘lishi mumkin
Ilon Mask shu yilning o‘zidayoq tarixdagi ilk trillionerga aylanishi mumkin.
Forbes yozishicha, o‘tgan hafta Tesla aksiyalari qimmatlashishi natijasida uning boyligi 788 mlrd dollarga yetdi. Aql bovar qilmas o‘sish: Maskning aktivlari qiymati yarim yildan kam vaqtda ikki karra qimmatlashdi.

Solishtirish uchun: dunyodagi ikkinchi eng boy odam — Oracle asoschisi Larri Ellisonning boyligi $283 mlrd. Mask 2025 yil avgustidan buyon bundan bir yarim barvar ko‘p pul topgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter