Bugun AQShda Cuperboul: yarim daqiqalik reklama 6,5 million dollarlik o‘yin

Bugun, 14-fevralga o‘tar kechasi AQSh milliy futbol ligasi finali — chempion aniqlanadi. AQShdagi eng yirik sport voqeasi-finalda «Los-Anjeles Rems» va «Sinsinnati Bengals» to‘qnashadi.
Biroq gap Superboul haqida ketganida sport ikkinchi darajali masalaga aylanadi. An’anaga ko‘ra, yirik kompaniyalar ushbu tadbirga pullarini ayamay sochadi. Asosiy kurash maydon atrofida kechadi.
Masalan, bu final paytidagi yarim daqiqalik reklama 6,5 mln. dollar turadi. Albatta, 100 millionlik auditoriya nazarda tutilsa, reklama xarjlari chiqib ketadi.
Kompaniyalar tomoshabinlarning e’tiborini va «hamyoni»ni qo‘lga kiritish uchun kino va shou-biznes yulduzlarini o‘z reklama roliklariga taklif etadi. Superboul arafasida internetda bunday roliklardan bir nechtasi aylanishga ulgurdi.
Masalan, «General Motors» avtomobil kompaniyasi roligida Yovuz doktor rolini Mayk Mayers jonlantirdi.
«Amazon» esa aqlli kolonkalari fikrni ham o‘qishiga Skarlett Yohansson yordamida odamlarni ishontirishga harakat qildi.
«Verizon Communications» Jim Kerrini taklif qildi, u 1996-yilgi «Kabelchi» filmidagi rolini yana bir bor o‘ynadi.
Yaponlarning «Rakuten» elektron tijorat kompaniyasi ham chetda qolmadi, bevosita Superboul payti namoyish etiladigan roligining tizerini taqdim etdi. Unda «Taxtlar o‘yini» serialida Septa Yunellani o‘ynagan Hanna Ueddingem suratga tushdi.
Efir vaqtini sotib olgan kompaniyalar orasida elektr krossover ishlab chiqaruvchilar, IT-gigantlar, chips va fastfudchilar, kriptovalyutalar sotuvchilari uchun platformalar va hokazolar bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter