Bugun Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi va ularning bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi ilk uchrashuvi 2021-yil 20-avgustida o‘tkazilgan edi. O‘sha uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev bunday tadbirni har yili o‘tkazish va 20-avgustni Tadbirkorlar kuni deb e’lon qilishni taklif qilgandi.
Ta’kidlanishicha, shundan buyon uchrashuvlar an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgani, ularda tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan masalalar muhokama qilinayotgani va ular bilan maslahatlashgan holda qarorlar qabul qilinayotgani Prezident tadbirkorlik sohasiga qaratayotgan alohida e’tiborning yorqin ifodasi bo‘lib kelmoqda.
Shu kungacha ochiq muloqotlarda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan 1 mingga yaqin taklif va tashabbuslar qonun va qarorlarda o‘z aksini topdi. Bugungi ochiq muloqotga tayyorgarlik davomida 26 ta sohaning 7 mingga yaqin vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. «Koll-markaz» orqali 13 mingdan ziyod murojaat va tashabbuslar kelib tushdi.
Bugungi uchrashuvda Prezident ushbu murojaatlarni o‘rganish asosida ishlab chiqilgan hamda tadbirkorlik faoliyatiga yanada ko‘p qulaylik yaratishga qaratilgan yangi yechimlarni ilgari surishi kutilmoqda.
Xabarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter