Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Qozog‘iston mustaqillik kunini nishonlamoqda

Bugun Qozog‘iston mustaqillik kunini nishonlamoqda

Foto: «Zakon.kz»

Bugun, 16-dekabr kuni Qozog‘iston eng katta milliy bayrami — Mustaqillik kunini nishonlamoqda.

Qo‘shni mamlakatning «Bayramlar to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, mustaqillik bayrami 16 va 17-dekabr kunlari nishonlanadi. Bu yilgi bayram ish kunlariga to‘g‘ri kelgani uchun qozog‘istonliklar ketma-ket to‘rt kun — 14, 15, 16 va 17-dekabr kunlari dam olishmoqda.

Sobiq ittifoq 1991-yil dekabrida tarqab ketgan. Ittifoq tarikibidagi respublikalar birin-ketin mustaqil davlatlarga ajralib ketgan. Qozog‘iston Sovet Sotsialistik Respublikasi nomini Qozog‘iston Respublikasiga o‘zgartirish qarori respublikaning Oliy Kengashi 1991-yil 10-dekabridagi yig‘ilishida chiqarilgan. Qozog‘iston Oliy Kengashi «Respublika mustaqilligi va suvereniteti to‘g‘risida»gi qonunni 1991-yilning 16-dekabrida qabul qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring