Buker mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi

Buker mukofotiga 2025-yilgi nomzodlarning qisqa ro‘yxati tashkiliy qo‘mita tomonidan e’lon qilindi.
1993-yilda shu mukofotni qo‘lga kiritgan irlandiyalik yozuvchi Roddi Doyl raisligidagi hakamlar hay’ati 153 ta asar orasidan oltitasini tanladi.
Qisqa ro‘yxatga Ben Markovitsning «Qolgan umrimiz», Syuzan Choyning «Chiroq», Keti Kitamuraning «Tinglov», Endryu Millerning «Qishdagi yer», Devid Saleyning «Moddiyat» va Kiran Desaining «Soni va Sannining yolg‘izligi» asarlari kiritildi.
Uch muallif short-listga birinchi marta, Miller va Saley oldin ham kiritilgan. Desai esa 2006-yilda Buker mukofotiga sazovor bo‘lgan.
G‘olib nomi 10-noyabrda Londondagi marosimda e’lon qilinadi. Eng yaxshi roman muallifiga 50 ming funt sterling topshiriladi. 1969-yilda ta’sis etilgan Buker mukofoti adabiyot yo‘nalishidagi eng nufuzli mukofotlardan sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter