Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna böliş ×

Buxoroda 71 mln sömlik qalbaki dorilar savdosiga çek qöyildi

Buxoroda 71 mln sömlik qalbaki dorilar savdosiga çek qöyildi

Buxoroda 71 million sömdan ortiq sifatsiz va qalbaki dori vositalarini saqlab, sotişga uringan ayol tört yilga ozodlikdan çeklandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga jinoyat işlari böyiça Buxoro tuman sudi raisi Zavqiy Qurbonov maʼlum qildi.

Sud hujjatlarida qayd etilişiça, Buxoro tumanida yaşovçi ayol A.F. 2024-yil dekabr oylarida dori vositalari savdosi bilan şuğullanişga qaror qilgan. U öz körsatmalarida uç nafar farzandini taʼminlaş va oğir moddiy şaroitdan çiqiş maqsadida uşbu faoliyatni boşlaganini bildirgan.

A.F. Toşkent şahridagi bir neçta dorixonalardan turli dori vositalarini sotib olib jamlagan va yaşaş xonadoni omborxonasida saqlab kelgan. Keyinçalik ularni Buxoro şahri hamda viloyatning ayrim tumanlaridagi dorixonalarga taklif qilgan. Biroq dorixona xodimlari sifat sertifikatlarini talab qilganida tegişli hujjatlarni taqdim eta olmagani sababli mahsulotlarni sotolmagan.

A.F. buyurtmalarni taşiş uçun haydovçi M.H.ni kuniga 150 ming söm xizmat haqi evaziga yollagan. U 2024-yil dekabr oyidan buyon mahsulotlarni Buxoro şahridagi «Trikotaj», «Gor gaz», «Perinatal» va boşqa dorixonalarga, şuningdek, Şofirkon, Peşku hamda Romitan tumanlariga bir neça marta yetkazib bergan.

Kunlarning birida A.F. ertasi kuni dorixonalarga tarqatiş uçun haydovçining «Racer» rusumli avtomaşinasiga beş quti dori yuklagan. Şu kuni viloyat Bojxona boşqarmasi ötkazgan tezkor tadbirda maşina yukxonasidan öşa beş quti, A.F.ning uyi yertölasidan esa yana yetti quti dori vositasi xolislar iştirokida hujjatlaştirib olindi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi xulosasiga köra, dori vositalari orasida davlat reyestrida qayd etilmagan 32 turdagi, muvofiqlik sertifikatlari rasmiylaştirilmagan 57 turdagi, sifatsiz 6 turdagi va qalbakilaştirilgan 4 turdagi mahsulotlar mavjud bölgan. Ularning umumiy qiymati 71 million 154 ming 306 sömni taşkil etgan.

Şuningdek, «Nurşod Medikal» MÇJ rahbari N.Ş. ham A.F. uning dorixonasiga kelib, «Imudon» va «Magniy V6» dorilarini sotişni taklif qilganini, biroq ularning sifatiga işonç hosil qilmagani sababli xarid qilmaganini bildirgan.

Sudda A.F. öz aybiga qisman iqrorligini bildirib, haydovçi M.H. salkam ikki yildan beri uning «buyurtmalari»dan bexabar bölganini, hatto öz avtomaşinasidagi qutilar içida dorilar borligini bilmaganini aytgan. Bu holat sudda ham öz tasdiğini topgan.

Sud A.F.ning harakatlarini Jinoyat kodeksining 186³-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan töğri malakalangan deb hisobladi. Jazo tayinlaşda sudlanuvçining aybiga qisman iqrorligi, qilmişidan puşaymonligi, uç nafar farzandi borligi, avval sudlanmaganligi va işsizligi inobatga olingan.

Hukmga muvofiq, unga tört yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan. Jazoning ijrosi Buxoro tuman IIB JXX Probatsiya guruhi zimmasiga yuklatildi. Iş böyiça aşyoviy dalil sifatida «Buxoro dori-darmon» MÇJda saqlanayotgan olti turdagi sifatsiz va tört turdagi qalbakilaştirilgan dori vositalari joylaştirilgan önta qutidagi mahsulotlar hukm qonuniy kuçga kirgaç, belgilangan tartibda yöq qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring