Buxoroda besh ishchini kanalizatsiya quvuri oqizib ketdi

Buxoro viloyatining Buxoro tumani, Bog‘idasht qishlog‘ida besh nafar ishchi ehtiyotsizlik oqibatida kanalizatsiya quvuriga oqib ketdi va halok bo‘ldi. Bu xabarni Buxoro viloyati IIB tasdiqladi.
Aytilishicha, 4-sentyabr kuni ishchilar Buxoro shahrining 7-mikrorayonida qurilayotgan ko‘p qavatli uyni Bog‘idasht qishlog‘i hududidan o‘tuvchi markaziy kanalizatsiya quvuriga ulamoqchi bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, «Fayz binokor Oltiariq» korxonasi ishchilari Buxoro viloyati Suv va oqava ta’minoti bo‘yicha injiniring kompaniyasidan ruxsat olmasdan, kanalizatsiya qopqog‘ini ochib, quvurga tushgan. Kuchli oqim ularni quvur ichiga oqizib ketgan.


Ishchilardan uch nafarining jasadi «Zarmanoq» mahallasidagi oqova suvlarni uzatish punkti quvuridan topilgan, qolgan ikki nafari qidirilmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter