Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda «Tiko» ag‘darilib ketdi, haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi

Buxoroda «Tiko» ag‘darilib ketdi, haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi

Foto: «news.pn»

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 5-avgust kuni haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida «Tiko» rusumli avtomashina ag‘darilib ketdi va oqibatda ikki kishi vafot etdi.

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashagan S.T. o‘zining «Tiko» rusumli avtomashinasida G‘ijduvon tumani hududidan o‘tuvchi «Navoiy-Zarafshon» avtomobil yo‘lining 68-km.da ketayotib, boshqaruvni eplay olmay, yo‘l chetiga ag‘darilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, YTH natijasida haydovchi S.T. voqea joyida vafot etgan. Uning yo‘lovchisi, birga yashagan jiyani A.T. kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shu yerda vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring