Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk bastakor Mishel Legran vafot etdi

Buyuk bastakor Mishel Legran vafot etdi

Foto: «Reuters»

Fransuz bastakori Mishel Legran 87 yoshida vafot etdi. «Nice-Matin» xabar berishicha, bu haqda bastakorning matbuot kotibi ma’lum qilgan.

Mishel Legran kino va filmlarga 200 dan ortiq musiqa yozgan. Uning eng mashhur asarlaridan biri «Sherbur soyabonlari» filmiga yozgan musiqasidir.

Legran — uch karra «Oskar», besh karra «Gremmi» va bir marta «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring