Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buyuk Britaniya suv iste’molini kamaytirmoqda

Buyuk Britaniya suv iste’molini kamaytirmoqda

Foto: Xabar.uz

Har bir britaniyalik suv iste’molini 25 foizga qisqartirishi shart. «The Sunday Times» yozishicha, Buyuk Britaniyada hukumat dasturi qabul qilindi.

Dasturga ko‘ra, mamlakatning har bir fuqarosi 2050-yilga borib kunlik suv iste’molini 145 litrdan 110 litrgacha kamaytirishi kerak.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 25 yildan so‘ng Buyuk Britaniyada aholini suv bilan uzluksiz ta’minlash uchun kuniga qo‘shimcha 4 mlrd litr suv kerak bo‘ladi. Shu boisdan 1992-yildan beri birinchi marta suvni zaxiralash rezervuarini qurish boshlanadi, u 2029-yilda qurib bitkaziladi.

Yaqinda Angliya janubidagi ayrim hududlarda anomal issiq va uning oqibatida suv haddan ziyod ko‘p ishlatilayotgani bois cheklovlar joriy etilgandi. Yer osti suvlari sathining pasayib ketishi va suv omborlarining to‘ldirilishi sababli ushbu qarorga kelingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring