Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniyada yuzlab mahbuslar xatolik sabab qamoqxonadan ozod qilib yuborildi

Buyuk Britaniyada yuzlab mahbuslar xatolik sabab qamoqxonadan ozod qilib yuborildi

2024-yil martidan 2025-yil martigacha 262 nafar mahbus adashib Buyuk Britaniya qamoqxonalaridan ozod qilingan. Bu haqda The Sun nashri Britaniya qamoqxona xizmati ma’lumotlariga asoslanib yozmoqda.

Bu o‘tgan yilga nisbatan xatolik tufayli ozod etilganlar sonining 128 foizga oshganini bildiradi, o‘shanda bu raqam 115 ta edi. 

The Sun nashrining xabar berishicha, ba’zi noto‘g‘ri ozod etishlar Kir Starmer hukumatining qamoqxonalarda mahbuslarning haddan tashqari ko‘pligi bilan kurashish dasturi bilan bog‘liq. Bu dastur ba’zi mahkumlarga jazo muddatining kamida 40 foizini o‘tab bo‘lgach, qamoqxonani tark etishga ruxsat berdi. Gazetaning yozishicha, dasturda nazarda tutilmagan jinoyatlar uchun jazoni o‘tayotgan ayrim mahkumlar haqiqatda ozod qilingan. 

Buyuk Britaniya Adliya vazirligi ushbu noto‘g‘ri ozod etishlarni tekshirish uchun maxsus guruh yaratishini e’lon qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring