Canal+ XXI asrning eng yaxshi futbolchisini aniqladi
Canal+ telekanali XXI asrning eng yaxshi futbolchilari reytingini tuzdi. Unga ko‘ra, «Inter Mayami»da faoliyatini davom ettirayotgan Lionel Messi asrimizning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.
100 nafar eng kuchli futbolchidan iborat reyting jurnalistlar va sobiq futbolchilar ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida shakllantirdi.
Top-10 quyidagi futbolchilardan iborat:
- Lionel Messi («Inter Mayami»).
- Krishtianu Ronaldu («An-Nasr»).
- Zinedin Zidan (faoliyatini yakunlagan).
- Ronaldo (faoliyatini yakunlagan).
- Manuel Noyer («Bavariya»).
- Andres Iniyesta (faoliyatini yakunlagan).
- Ronaldinio (faoliyatini yakunlagan).
- Tiyerri Anri (faoliyatini yakunlagan).
- Xavi (faoliyatini yakunlagan).
- Serxio Ramos (erkin agent).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter