Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Charli Kirkning qotiliga o‘lim jazosi xavf solyapti

Charli Kirkning qotiliga o‘lim jazosi xavf solyapti

AQShda konservativ faol Charli Kirkni o‘ldirishda gumon qilingan yigit o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Yuta shtati gubernatori Spenser Koks Charli Kirkning qotiliga o‘lim jazosini talab qilish uchun materiallar tayyorlayotganini ma’lum qildi.

«Biz, albatta, o‘lim jazosini talab qilamiz», dedi u.

Koksning ta’kidlashicha, rasmiylar prokuratura bilan birgalikda o‘lim jazosiga erishishlari uchun ma’lumot to‘plash ustida ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 10-sentyabr kuni Charli Kirk Orem universitetida nutq so‘zlayotganda bo‘ynidan o‘q yeb halok bo‘lgan edi.

Kirkka o‘q uzilgan miltiq esa yaqin atrofdagi o‘rmonda tashlab ketilgan holda topilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring