Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chernogoriya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni to‘xtatdi

Chernogoriya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni to‘xtatdi

Chernogoriya hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun vaqtinchalik vizasiz rejimni bekor qildi. 

Shu yilning 9-oktyabr kuni Chernogoriya hukumati Armaniston, O‘zbekiston va Misr fuqarolarini vizadan vaqtincha ozod etish to‘g‘risidagi avvalgi qarorlarini to‘xtatib qo‘ydi. Bu qaror milliy viza siyosatini Yevropa Ittifoqi talablariga muvofiqlashtirish doirasida qabul qilingani aytilgan.

2023-yil aprel oyida Chernogoriya hukumati O‘zbekistondan kelgan sayyohlar uchun viza talabini bekor qilish rejasini e’lon qilgan edi. Ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar iyun oyida boshlanishi rejalashtirilgan edi. Xususan, “O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi Tivat kurort shahriga parvozlarni amalga oshirdi. 

O‘zbekiston 2019-yilning fevral oyida Chernogoriya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilgan edi.Ular 30 kun davomida vizasiz qolishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring