Chilonzordagi soatbay o‘qituvchilarning ish haqi to‘lanmagani aniqlandi

Chilonzor tumanidagi litsey, kollej va maktablarda ishlaydigan soatbay o‘qituvchilarga haq to‘lash miqdorlari oshirilgan bo‘lsa-da, o‘tilgan dars soatlari uchun qayta hisob-kitob qilinmagan.
2019-yil 10-apreldagi “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, pedagog-xodimlarga 2018 yil 1 noyabrdan o‘tilgan soatlar uchun 10 % qo‘shimcha narx bilan qaytadan hisob-kitob qilinib, tegishli summa to‘lab berilishi kerak edi.
Bu holat mehnat qonunchiligi bilan kafolatlangan bo‘lib, Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron-bir tarzda cheklanmaydi. Yuqoridagi holatda soatbay haq miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lib qolgan va o‘rtadagi farq hisob-kitob qilinmagan.
Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga 83 ta taqdimnoma kiritilgan va ijrosi nazoratga olingan.
Natijada soatbay o‘qituvchilarga o‘tilgan dars soatlari uchun jami 208 631 921 so‘m qayta hisob-kitob qilib berilgan.
Sunnatilla Rahmonov,
Chilonzor tuman adliya
bo‘limi bosh maslahatchisi,
3-darajali yurist
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter