Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chingizxon haqida biz bilmagan faktlar

Chingizxon haqida biz bilmagan faktlar

Foto: «365info.kz»

Buyuk lashkarboshi Temuchinning ham hamma qatori sirlari bor edi. Ularning ba’zilari oddiy, boshqasi juda mudhish...

Chingizxon — o‘z akasining qotili

Chingizxonning otasi qo‘shni qabilaga hujum chog‘i halok bo‘lgach, yetti bolani tarbiyalash, to‘ydirish onaning zimmasiga tushadi. To‘qqiz yoshida bo‘lajak fotih ovqat ustida janjallashib, o‘z akasi Bekterni o‘ldirib qo‘yadi.

«Kuydirilgan yer» taktikasi

Chingizxonning dastlabki yurishlari barcha dushman qabilalarni qirib tashlash bilan yakun topgan. Hatto ayollar va yosh bolalar ham ayab o‘tirilmagan. Mo‘g‘ullar hukmdori hech kimga shafqat qilmagan, uning qo‘shinlaridan faqat kuyik yer qolgan, xolos.

«E’tiqodli butparast»

Mo‘g‘ul xoni dinlarni imperiyada tartib-intizomni ta’minlovchi vositalardan biri deya hisoblagan. U jahon dinlari asoslarini diqqat bilan o‘rgangan. Uni ayniqsa islom, daosizm va xristianlik qiziqtirgan. Imperiya hududida istalgan dinga e’tiqod qilish huquqi berilgan, ayyor hukmdor shu orqali davlatning birligini mustahkamlashga uringan. Ammo o‘zi butparastligicha qolgan.

Notanish qiyofali jangchi

Siz Chingizxonning rasmini hech bo‘lmganda maktab darsligida ko‘rgansiz, u haqida yaratilgan o‘nlab filmlarni esa aytmasa ham bo‘ladi. Ammo mo‘g‘ul fotihining asil qiyofasi qanday bo‘lgani haqida hech kimda aniq ma’lumot yo‘q. Tarixchilar faqat bir faktni ishonch bilan ayta oladilar: Chingizxonning sochlari malla bo‘lgan.

Chingizxon va ayollar

Har bir bo‘ysundirilgan qabiladan Chingizxon uchun 15 yoshdan oshmagan eng chiroyli qizlar tanlab olingan. Temuchinning haramida bir necha ming ayol bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi xondan farzand ko‘rgan. Shuningdek, bugungi kunda 16 million odamning ajdodlari bevosita Chingizxonga borib taqaladi degan ilmiy faraz ham bor.

Buyuk qirg‘in

Chingizxonning yurishlari 40 million kishining yostig‘ini quritgan. Bu o‘sha davrda sayyoramiz aholisining 11 foizini tashkil qilar edi.

Sirli o‘lim

Chingizxonning vafoti sababi haligacha jumboq. 65 yoshida ham ulkan imperiya hukmdori kuchli edi, uning o‘limi qarilikdan emasligi aytiladi. Ba’zi tarixchilar xonning tangut malikasi tomonidan pichoqlanganini taxmin qiladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring