Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sukerberg — robot? «Facebook» asoschisining bayonoti ko‘pchilikda kulgi uyg‘otdi

Sukerberg — robot? «Facebook» asoschisining bayonoti ko‘pchilikda kulgi uyg‘otdi

Foto:«ITC.ua»

«Faccebook» asoschisi Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqda ma’lumotlarni chiqib ketishi borasida AQSh Kongressida bayonot bergani haqida xabar bergan edik.

Deyarli besh soat davomida Sukerberg kechirim so‘radi, tushuntirish berdi, qo‘llanilishi rejalashtirilayotgan xavfsizlik choralari haqida so‘zladi, shuningdek, senatorlarning savollariga javob qaytardi. Mazkur yig‘ilish Amerika kanallarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilingani sabab Sukerbergning xatti-harakatlari ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga tortdi, deb xabar beradi «ITC.ua».

Kongressdagi tinglov jarayoni kutilganidek zerikarli o‘tdi, biroq ijtimoiy tarmoqlarda bu borada ko‘plab hazillar yuzaga keldi.

Yig‘ilish boshlanishi bilan foydalanuvchilar «Facebook» asoschisi aslida inson emasligini isbotlashga tushib ketdi. «Sukerberg robot» — «Reddit» tarmog‘ida bu haqda butun boshli bo‘lim paydo bo‘ldi.

Foto:«ITC.ua»

Sukerberg qalin yostiq ustida o‘tirgani ko‘pchilikni xayron qoldirdi. Ayrim hazillarga ko‘ra, ushbu yostiq simsiz quvvatlantirish manbai yoki tashqi batareya emush. Aslini olganda esa Sukerbergning bo‘yi 170 santimetr, shu sababli u tagiga yostiq qo‘yib o‘tirgan.

Bundan tashqari Sukerbergning savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishdan qochganligi ham ko‘pchilikda kulgi uyg‘otdi.

Senator: «Siz insonmisiz?»

Mark Sukerberg: «Bu juda muhim savol. Mening jamoam sizga javobni aytib yuboradi».

Senator: «Facebook» foydalanuvchilarning qonini olib undan klonlar armiyasini yaratishda foydalanishi mumkinligiga qo‘shilasizmi?»

Sukerberg: «Bu juda qiziqarli savol, shunday ekan, men uni jamoam bilan maslahatlashib ko‘rishim kerak. Bilsangiz, men o‘z kompaniyamni yotoqxonada boshlanganman».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring