Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Damashqdagi portlashlarda 14 harbiy xizmatchi qurbon bo‘ldi

Damashqdagi portlashlarda 14 harbiy xizmatchi qurbon bo‘ldi

Foto: RIA «Novosti».

Suriya poytaxti Damashq markazida jangarilar ikkita portlovchi moslamani ishga tushirishdi, natijada avtobus portlatildi. Bu haqda SANA agentligi ma’lum qildi.

«Damashqda, Rais ko‘prigi yaqinida, terrorchilar avtobus o‘tayotganda ikkita portlovchi qurilmani ishga tushirishdi», —deb yozadi agentlik.

Xavfsizlik xizmatining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 14 harbiy xizmatchi terakt qurboni bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan juma kuni (15 oktyabr kuni) Afg‘onistonning Qandahor shahrida masjid portlatilgandi. Natijada yuzdan ziyod kishi qurbon bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring