Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daraksiz yo‘q bo‘lib qolgan rus aktrisasi Toshkentdan topildi

Daraksiz yo‘q bo‘lib qolgan rus aktrisasi Toshkentdan topildi

Bir necha oy oldin dom-daraksiz yo‘q bo‘lib qolgan va hech kimga aloqaga chiqmagan taniqli rus aktrisasi Yekaterina Klimova Toshkentdaligi ma’lum bo‘lgan.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan ko‘plab aktyorlar u yerni tark etgan, buni ommaga oshkor qilganlar ham bor, indamay ketganlar ham yo‘q emas. Klimova birovga aytmay O‘zbekistonga borgan.

Nihoyat aktrisa aloqaga chiqqan va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rinish bergan. Kino yulduzi Toshkent aeroportida hamkasbi, taniqli rus aktyori Gosha Kutsenko bilan suratga tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, «Turkiston» saroyida ikki aktyor ishtirokida teatrlashtirilgan konsert dasturi bo‘lib o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring