Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq rahbari hibsga olindi

Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq rahbari hibsga olindi

Foto:«Vesti.ru»

Sobiq davlat maslahatchisi Muidjon Tohiriy hibsga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaga asoslanib,  «Turon 24» ma’lum qildi.

«Muidjon Tohiriy hibsga olindi. Hozir tergov olib borilmoqda. Tergov siri nuqtai nazaridan boshqa ma’lumot berilishi maqsadga muvofiq emas», degan Rahmonova.

Muidjon Tohiriy 2006-2008-yillarda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari, 2008-2010 yillarda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2010-yil sentyabrdan 2011-yil iyungacha O‘zbekiston prezidentining davlat maslahatchisi bo‘lgan. 2011-yil iyun oyidan yana MXX raisi o‘rinbosari lavozimiga qaytgan va 2016-yil oxirigacha ishlagan. Orada 2013-yilda Prezident xavfsizligi xizmatini ham boshqargan.

Uning so‘nggi ish joyi Davlat bojxona qo‘mitasi bo‘lib, 2016-yil 20-dekabrda rais etib tayinlangan va 2018-yil 12-fevral kuni ishdan olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring