Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat yerni olib qo‘ygan bo‘lsa, zararni kim qoplaydi?

Davlat yerni olib qo‘ygan bo‘lsa, zararni kim qoplaydi?

Vazirlar Mahkamasi Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqladi (VMning 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori). Bu haqda «Norma» xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Prezident yerni olib qo‘yishga yo‘l qo‘yiladigan holatlarning aniq ro‘yxatini tasdiqlagandi (2018-yil 1-avgustdagi Farmonning 3-bandi). Ilgari bunday ro‘yxat yo‘q edi, ayrim hollarda xususiy shaxslarning manfaatlari davlat yoki jamoat ehtiyojlari deb tan olinishi mumkin edi.  

Yerning olib qo‘yilishiga yangi yondashuv buzilayotgan ko‘chmas mulk mulkdorlariga kompensatsiya to‘lash tartibini o‘zgartirdi. Ilgari buni davlat va xususiy manbalardan amalga oshirishga yo‘l qo‘yilardi. Endi davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha 15 ta markazlashtirilgan jamg‘arma tashkil etildi:  

  • respublika jamg‘armasi – Prezident dasturlari va topshiriqlari asosida yetkazilgan zararlarni qoplaydi;
  • Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi hududiy jamg‘armalar – Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tashabbusi bilan yetkazilgan zararlarni qoplaydi.

Eslatib o‘tamiz, jamg‘armalar bilan kelishmay yerni olib qo‘yish taqiqlangan (27.07.2018 yildagi PF–5490-son Farmonning 16-bandi). Har bir jamg‘armaning oliy organi – Kuzatuv kengashi. Aynan kengash qoplash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirishning quyidagi manbalari tasdiqlandi:

Respublika jamg‘armasi

Hududiy jamg‘armalar

– Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasi mablag‘larining 15%idan kam bo‘lmagan miqdorda respublika budjeti va uning qo‘shimcha manbalari mablag‘lari;

 

– yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan norezidentlarning homiylik va xayriya yordamlari tarzidagi mablag‘lar.

 

– Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zaxira jamg‘armalari mablag‘larining 15%idan kam bo‘lmagan miqdorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari;

 

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining maxsus g‘azna hisobraqamlariga qo‘shimcha manba sifatida o‘tkaziladigan «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan mablag‘lar;

 

– yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan norezidentlarning homiylik va xayriya yordamlari tarzidagi mablag‘lar.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.12.2018-yildan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring