Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat idoralariga yo‘llangan petitsiyalar yuzasidan chora ko‘rish majburiy bo‘ladi

Davlat idoralariga yo‘llangan petitsiyalar yuzasidan chora ko‘rish majburiy bo‘ladi

Foto: O‘zA

2018-yilda O‘zbekistonda fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirok etishga bo‘lgan huquqini ro‘yobga chiqarishning yangi mexanizmi sifatida elektron jamoaviy murojaat qilish – petitsiya yo‘llash tizimi joriy qilinadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22-yanvardagi Farmoni bilan qabul qilingan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturida ko‘zda tutilgan.

Ushbu tizim fuqarolarga davlat hokimiyatining vakillik organlariga aniq savollar qo‘yish imkonini beradi. Tegishli organlar esa fuqarolarning ma’lum soni tomonidan ma’qullangan murojaatlar yuzasidan chora ko‘rishi shart bo‘ladi.

Endilikda faol fuqarolar va jamoat tashkilotlari turli muammolar yechimi bo‘yicha tashabbus ko‘rsatishlari mumkin. Shu orqali «mamlakat hayotiga aloqador eng muhim qarorlar bevosita muloqot asosida qabul qilinadi», degan tamoyil amalda ro‘yobga chiqariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring