Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xavfsizlik xizmati haqidagi qonun imzolandi

Davlat xavfsizlik xizmati haqidagi qonun imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5-aprel kuni «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonuniga imzo chekdi. Bu haqda «Xalq so‘zi onlayn» nashri xabar berdi.

Ushbu qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining faoliyatini tartibga solishdan iborat, deyiladi qonunning birinchi bob birinchi moddasida.

Umuman, «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 9 bob, 48 moddadan iborat.

Hujjatning to‘liq matni haqida tez orada batafsil ma’lumot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring